Xalq ta'limi vazirligi yana yagona maktab formasi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Xalq ta'limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi «Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 666-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha maxsus axborot bilan chiqdi.
2018 yil 19 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida 509-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur hujjat bilan 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarorning 3-bandidagi va 7-bandlarigagina o‘zgartirish kiritilgan.
Mazkur qarorga ko‘ra, yagona maktab formasi 2019-2020 o‘quv yilidan emas, balki 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.
Qayd etilishicha, 509-sonli qaror Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomi» hozirgi kunda ham amalda.
Shu bois, Xalq ta'limi vazirligi o‘quvchilardan mazkur nizom talablariga rioya etishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Xalq ta'limi vazirligi maktab formasi bo‘yicha ota-onalarga murojaatnoma bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
15:21 / 19.12.2024
Xitoyda o‘g‘lining uy vazifalariga yordamlashayotgan ota infarktga chalindi
16:56 / 13.12.2024
Andijonda hokim o‘quvchilarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifa”ga ajratdi. Bu to‘g‘rimi? - mutaxassislar bilan suhbat
09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi
14:33 / 21.11.2024