Jahon | 21:29 / 07.09.2019
9567
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Rossiya qamoqxonalaridagi qrim tatarlarini Ukrainaga qaytarmoqchi ekanligini aytdi

Qrim tatar faollarini Rossiyadagi mahbuslikdan qutqarish Ukraina-Rossiya almashuv muzokaralarining ikkinchi bosqichi bo‘ladi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

"Bu ikkinchi bosqich bo‘ladi deb o‘ylayman. Ikkinchi bosqichda ishlaymiz. U yerdagi barcha odamlarimizni qaytaramiz. Ozod qilamiz, chunki Qrimda biznikilar ko‘p", - dedi u.

Zelenskiyning fikricha, bu tez orada amalga oshadi.

"Biz bir yil, ikki yoki uch yil haqida gapirmayapmiz. Biz buni juda tez amalga oshirishni istaymiz. Biz buni orzu qilmoqdamiz va ishlaymiz", - dedi u.

7 sentabr kuni Ukraina va Rossiya o‘rtasida "35 ga 35" shaklida mahbuslar almashildi.  

Mavzuga oid