Ekspertlar Jizzaxdagi AES qurilishi uchun mo‘ljallangan maydon Atom energiyasi agentligi talablariga qanchalik javob berishini o‘rganib chiqdi
Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinida atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan maydon Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) talablariga deyarli to‘liq javob beradi. Bu haqda «O‘zGAShKLITI» DUK direktori Yo‘ldosh Ma'rupov ma'lum qildi.
Ayni paytda Rossiyaning «Atomstroyeksport» korxonasi va «O‘zGAShKLITI» DUK mutaxassislari mazkur hududda geofizik va seysmologik ishlarni olib bormoqda.
«Biz har biri 250 sahifa bo‘lgan 18 jilddan iborat hisobotni taqdim etdik. XAEA talablarida AES qurilishini so‘roq ostiga qo‘yadigan 15 ta «noqulay omil» ko‘rsatilgan. Bizning maydonimiz esa dunyoda kamdan-kam uchraydigan maydon hisoblanadi – u 14ta omildan butunlay xoli hudud», – dedi Ma'rupov.
Yana bir omil – yer yuzasidan 6-12 metr pastda joylashgan yerosti suvlari esa muhandislik uslubi yordamida osonlik bilan hal etiladi, deb qo‘shib qo‘ydi u.
Tekshiruvlar natijalari o‘rganib chiqiladi va ular asosida atom elektr stansiyasining texnik loyihasini ishlab chiqish davom ettiriladi.
Mavzuga oid
07:41 / 11.09.2024
O‘zbekistonda kichik quvvatli AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
11:55 / 05.09.2024
AEXA rahbari Grossi: Zaporijjya AES sovitish minorasi kelajakda buzib tashlanishi kerak
09:51 / 04.09.2024
Grossi: AES hech qachon harbiy nishonga aylanmasligi kerak
15:03 / 03.09.2024