Tramp bilan uchrashuvga kelgan Kuvayt amiri AQShda shifoxonaga yotqizildi
AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga AQShga kelgan Kuvayt amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga yotqizildi. Shu sababli 90 yoshli amirning Tramp bilan rejalashtirilgan uchrashuvi keyinga qoldirildi. Bu haqda KUNA axborot agentligi xabar berdi.
Kuvayt amiri va Tramp 12 sentyabrda Oq uyda uchrashishlari kerak edi. Tramp matbuot xizmatida ma'lum qilinganidek, tomonlar Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi, xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlik va terrorchilikka qarshi kurashni muhokama qilishni rejalashtirishgandi.
Ta'kidlanishicha, ikki yetakchi uchrashuvining yangi sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024