Nurmagomedov-Makgregor revansh jangi qanday shart bilan o‘tkazilishi mumkinligi aytildi
UFC prezidenti Dana Uayt chempion Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi revansh jang qanday shart bilan o‘tkazilishi mumkinligini ma'lum qildi.
Nurmagomedovning keyingi ehtimoliy raqibi sifatida amerikalik Toni Fergyuson aytilayotgandi.
“Fergyuson keyingi raqib bo‘ladi, biroq Toni biror sababga ko‘ra jangni qabul qila olmasa yoki istamasa, unda biz nima qilish haqida o‘ylab ko‘ramiz. Bunday sharoitda Xabib va Konorning revansh jangi katta ma'noga ega bo‘ladi”, deb aytgan Uayt.
30 yoshli rossiyalik jangchi 7 sentyabrda Abu-Dabida amerikalik Dastin Porega qarshi jangda chempionlik unvonini himoyalay oldi.
Nurmagomedov va Makgregor 2018 yil oktyabrda jang qilgan. O‘shanda Xabib raqibini bo‘g‘ish usuli bilan muddatdan oldin mag‘lub etgandi.
Mavzuga oid
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019
Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
14:14 / 26.10.2019