O‘zbekiston | 10:01 / 11.09.2019
6780
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Qaror bilan Prezidentning 2019 yil 9 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF–5815-son Farmoniga muvofiq Agentligining tashkiliy tuzilmasi, Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 57 nafardan iborat markaziy apparatining tuzilmasi tasdiqlangan.

Agentlikka Bosh vazir taqdimnomasiga ko‘ra Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Agentlik direktori 3 nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi va ular direktor taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Agentlik direktori mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta'minoti shartlariga ko‘ra vazirga, uning birinchi o‘rinbosari – vazirning birinchi o‘rinbosariga, o‘rinbosarlari – tegishli ravishda vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

Mavzuga oid