O‘zbekiston | 16:20 / 13.09.2019
36661
4 daqiqa o‘qiladi

Top-20: O‘zbekistondagi maktablar reytingi - ayrim viloyatlarda 50talikka kirgan maktab ham yo‘q

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan respublika maktablar milliy reytingi ishlab chiqilgan. 2019 yilgi reytingning birinchi pog‘onasini Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 27-maktab band etgan.

Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 1-maktab ikkinchi, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 30-maktab uchinchi o‘rindan joy olgan. Reyting tuzishda 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi, oliy va birinchi toifadagi o‘qituvchilar ko‘rsatkichi va so‘rovnomalar natijalari asosidagi to‘plangan ballar hisobga olingan. 

Prezidentning 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»ga farmoni asosida 2019 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta'lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingini tuzish vazifasi yuklatilgan. Ushbu farmon ijrosi yuzasidan umumta'lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha milliy reyting tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur reyting kelgusida xalqaro maydonda, O‘zbekiston Respublikasining PISA-2021 xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik jarayoniga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Top-20talikdagi qolgan o‘rinlar quyidagicha joylashgan:

4-o‘rin – Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani 66-maktab;

5-o‘rin – Namangan viloyati, Pop tumani, 7-maktab;

6-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tumani, 41-maktab;   

7-o‘rin – Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, 37-maktab;

8-o‘rin – Namangan viloyati, Namangan tumani, 23-maktab;

9-o‘rin – Namangan viloyati, Uychi tumani, 23-maktab;

10-o‘rin – Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, 26-maktab;

11-o‘rin – Xorazm viloyati, Shovot tumani, 28-maktab;

12-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tumani, 30-maktab;

13-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar 10-maktab;         

14-o‘rin – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, 5-maktab;

15-o‘rin – Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 4-maktab;         

16-o‘rin – Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, 28-maktab;

17-o‘rin – Xorazm viloyati, Xiva shahar, 2-maktab;

18-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tuman, 23-maktab;  

19-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, 10-maktab;       

20-o‘rin – Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, 58-maktab;

Eng yaxshi 20ta maktab qatoridan Sirdaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablari joy ololmagan. Jumladan, Samarqand viloyatining eng yaxshi ball olgan maktabi ro‘yxatning 51-o‘rnidan joy olgan bo‘lsa, Sirdaryo vakili 61-, Qoraqalpog‘istonning eng yaxshi maktabi 100-o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid