Prezident qarorlarining ijrosi ta'minlanmasa, xalqning ichiga kirmasa, uning quruq qog‘ozdan farqi yo‘q – deputat
Bugun Oliy Majlis Senati binosida Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda axborot makoni, jamoatchilik fikrini to‘g‘ri yo‘nalishda shakllantirish, so‘z erkinligi, odamlarning bugungi qarashlari va OAV, ijtimoiy tarmoqlarning roli mavzuida o‘zaro bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Ziyo OAVning roli, odamlarning dunyoqarashi, xolis axborot haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.
“Bizda hamisha yaxshi tashabbuslar bo‘lgan. Lekin eng katta kamchiligimiz shundaki, ularning ko‘pi qog‘ozda qolib ketgan. Prezident shuncha qarorlarni chiqargani bilan ijrosi ta'minlanmasa, xalqning ichiga kirmasa, uning quruq qog‘ozdan farqi yo‘q. Qonunlar ishlamasligining asosiy sababi jamoatchilik bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganligimizdir. Biz uyushmagan millat bo‘lganimiz ham yana bir sababdir. Yorqin misol aytaman: Cho‘lponning “Qor qo‘ynida lola” hikoyasida 17 yashar qiz eshonga tortiq qilinadi. Cho‘lpon bu bilan o‘sha davrning manzarasini ochib bergan. Xuddi shu eshon ham, begunoh 17 yashar qizlar hozir ham bor. Cho‘lpon bu asarni yozganiga 150 yil bo‘lgan bo‘lsa, shu davr ichida biz umuman o‘zgarmaganmiz. Haliyam o‘rta asr dunyoqarashi bilan yuribmiz. Jamoatchilik o‘z qarashlarini o‘zgartirishi kerak. Bugun jamiyat o‘zi uchun kurashmasa, qabul qilgan qarorlarimiz qog‘ozda qolib ketaveradi”.
Azamat Ziyoning ta'kidlashicha, shuncha vaqtda erishilgan eng katta kuch erkinlikdir. Unda ham bunyodkorlik, ham buzg‘unchilik bor. Jamoatchilik davlatni nazorat qilishni o‘rgandi. Ammo jamoatchilik o‘zini nazorat qilishga o‘tgani yo‘q. Eng katta xato va muammo ham shunda.
Mavzuga oid
17:03 / 29.11.2024
O‘zbekiston yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda - Senat
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi
22:55 / 16.11.2024