O‘zbekiston | 14:58 / 14.09.2019
13347
2 daqiqa o‘qiladi

«So‘z erkinligi so‘z o‘yiniga aylantirib yuborilyapti» – senator OAV haqida

Foto: Getty Images

Bugun, 14 sentyabr kuni, Oliy Majlis Senati binosida senatorlar va Qonunchilik palatasi kengashi vakillari ishtirokida qo‘shma majlis bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida bir qator masalalar, jumladan, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar yanada rivojlantirish mavzusida o‘zaro muhokama tashkil etildi. 

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Muhammadjon Mahmudov Oliy Majlis huzurida Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining ahamiyati va OAV faoliyatidagi qator muammolarni sanab o‘tdi.

“Parlament huzuridagi jamoatchilik kengashini tashkil qilish juda to‘g‘ri qaror, deb o‘ylayman. Ayrim jurnalistlar so‘z erkinligini so‘z o‘yiniga aylantirib yuborayotganligi achinarli holatdir. Tarqatilayotgan xabarlarning mazmuni davlat organlari xodimlarining shaxsiyatiga ko‘proq urg‘u berilishiga olib kelmoqda. Jamoatchilik kengashi ularning to‘g‘ri va haqqoniy faoliyat olib borishiga yordam berishi kerak. Jurnalistlar axborot olish, to‘plash va tarqatishda yetarli bilimga ega emas. OAV xodimlari bu sohadagi qonunchilikni bilishlari juda muhim”.

Senatorning qo‘shimcha qilishicha, OAVning xolis axborot tarqatishini ta'minlash kerak. Bunda jurnalistlarni jamoatchilik bilan ishlashi bo‘yicha o‘qitish lozim.

Mavzuga oid