Jamiyat | 11:26 / 15.09.2019
12756
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik chegarachilar dron orqali katta miqdordagi psixotrop moddalar o‘tkazishni to‘xtatib qolishdi

14 sentabr kuni kechqurun Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi Oqtosh qishlog‘i hududida Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari chegara orqali 600ta plastinkada «Tramadol» (har bir plastinkada 10tadan tabletka) psixotrop moddalari olib o‘tishga bo‘lgan harakatni to‘xtatib qoldi.

DXX chegara qo‘shinlari matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qilishicha, ushbu psixotrop moddalar «Fantom-4» rusumli dron yordamida O‘zbekistonga o‘tkazilgan.

«Hozirgi vaqtda psixotrop vositalarning ushlanishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi DXX tomonidan taqdim etilgan axborotda.

Mavzuga oid