Murojaat natijasi: Termiz shahar hokimligi tomonidan beva ayolning kompensatsiya puli to‘lab berildi
Termiz shahar hokimligi "Kun.uz" saytida 2019 yil 13 sentabr kuni e'lon qilingan "Snos"dan keyin to‘rt bolam bilan ijarada yashab yuribmiz" Termiz shahar hokimligi beva ayolning kompensatsiya pulini qachon to‘lab beradi" sarlavhali maqola yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Termiz shahrining Bosh rejasiga asosan 2018 yilda “Istiqlol” ko‘chasi yoqasida ko‘p qavatli turar joy binolarining qurilishi munosabati bilan Ashirgul To‘rayeva oilasi bilan yashab kelgan ko‘p xonadonli ikki qavatli 76-uy ham buzilishga tushgan.
Kadastr hujjatlari bo‘yicha ushbu uyning 2 xonali 2 ta xonadoni A.To‘rayevaga tegishli bo‘lgan. 2018 yilning 6 iyun kuni uning 1 ta xonadoni uchun to‘qson ikki million to‘rt yuz o‘ttiz ming so‘m miqdorida kompensatsiya mablag‘i to‘lab berilgan.
Ammo,fuqaroga tegishli bo‘lgan ikkinchi xonadon kadastr hujjatlarida 2 xonali ekanligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u “Mening uyim 3 ta yashash xonasidan iborat”, deb belgilangan kompensatsiya mablag‘ini olmasligini bildirgan. Oradan qariyb bir yil vaqt o‘tib, 2019 yil 24 aprel kuni fuqaro ushbu mablag‘ni olishga rozilik bildirib, tegishli tartibda shahar hokimligi bilan kelishuv bitimini tuzgan.
Bu davr mobaynida fuqaroga shahar hokimligining maxsus hisob varag‘ida mablag‘ yo‘qligi, mablag‘ bo‘lishi bilan to‘lab berilishi haqida og‘zaki tushuntirish berib kelingan. 2019 yil 13 sentabr kuni uning ikkinchi xonadoni uchun ham bankdagi plastik raqamiga to‘qson ikki million to‘rt yuz o‘ttiz ming so‘m kompensatsiya mablag‘i to‘liq o‘tkazib berildi.
Bundan tashqari, A.To‘rayeva murojaatida har oy ijaraga 800 ming so‘mga yaqin pul sarflayotganini ta'kidlaydi. Termiz shahar hokimligi buzilgan ikkinchi xonadon kompensatsiyasi u yoki bu sabablar bilan kechikkani uchun fuqaroga ijara summasini to‘lab berishga tayyor. Buning uchun u xonadoni buzilgan kundan ijara uyga ko‘chib, uy egasi bilan tuzilgan ijara shartnomasi nusxasini muddatida taqdim qilishi lozim.
Ammo A.To‘rayeva uy egasi bilan ijara shartnomasini 2019 yil 19 iyul kuni (oradan bir yil o‘tgan) imzolab, shahar hokimligiga taqdim qilgan. Shartnomada esa 2019 yilning 1 yanvardan 2019 yilning 30 noyabrigacha har oylik ijara summasi bir million so‘mdan 11 oyga o‘n bir million so‘m etib belgilangan.
Agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasi imzolangan kundan kuchga kirishi inobatga olinsa, fuqaroga 2019 yilning 19 iyulida imzolangan shartnoma bo‘yicha 19 sentyabrga qadar ikki oylik ijara haqi - ikki million so‘m to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Termiz shahar hokimligi A.To‘rayevaga ushbu ikki oylik ijara shartnomasi mablag‘ini joriy yilning oktabr oyida to‘liq to‘lab berilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:11 / 16.12.2024
Termizda turar joy binosining suvog‘i shamol tufayli ko‘chib tushdi
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
15:04 / 29.08.2024
Termizda Afg‘oniston bilan savdo va logistika tartibini soddalashtirish maqsadida xalqaro savdo markazi ochildi
15:12 / 27.08.2024