Putin Saudiya Arabistoniga S-400 majmualarini sotib olishni taklif qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujumlar ortida podshohlikka Rossiyaning S-400 yoki S-300 zenit-raketa majmualarini sotib olishni taklif qildi. U bu haqda Anqarada o‘tgan Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari ishtirokidagi Suriya bo‘yicha uch tomonlama sammit davomida aytib o‘tdi.
Putin Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujum haqidagi savolga Qur'oni karimdan parchalar keltirgan.
“Muqaddas Qur'onda o‘z urug‘-aymog‘ini himoya qilishdan tashqari, har qanday zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi aytilgan. O‘z urug‘-aymog‘i, o‘z mamlakatini himoya qilishda Saudiya Arabistoniga tegishli ko‘mak ko‘rsatishga tayyormiz”, deb aytgan Putin.
Uning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni rahbariyati “dono qaror qabul qilishi” va Eronga o‘xshab S-300 yoki Turkiya kabi S-400 sotib olishi lozim. “Ular Saudiya Arabistoni infratuzilmasining har qanday obektini ishonchli himoyalaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya yetakchisi.
Putin Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning “S-300 yoki S-400 sotib olgan ma'qulroqmi?” degan savoliga “O‘zlari tanlasinlar” deb javob qilgan.
Mavzuga oid
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
20:07 / 22.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasini nega o‘zgartirganini tushuntirdi
18:47 / 22.09.2024
AQShdan o‘g‘irlangan va hanuz ishlab chiqarilayotgan «Buxanka»
18:42 / 22.09.2024