Bahodir Jalolov amerikalik raqibini nokaut qildi. O‘zbekistonning chorak finaldagi barcha vakillari yarim finalga o‘tdi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.
Kunning so‘nggi jangida eng og‘ir vazn toifasidagi Bahodir Jalolov AQSh vakili Richard Torresga qarshi ringga ko‘tarildi.
O‘zbekiston boks terma jamoasi vakili jang boshidayoq mutlaq ustunlik namoyish etdi va raqibini muddatidan avval mag‘lub qildi.
Birinchi raundda Jalolovning chap qo‘lda yo‘llagan zarbasidan keyin amerikalik bokschi uzoq vaqt o‘rnidan tura olmadi va hakam nokaut qayd etdi, Jalolov yarim finalda.
Shu tariqa, bugun ringga ko‘tarilgan O‘zbekiston jamoasi vakillarining barchasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Reglamentga ko‘ra, ertaga, 19 sentabr kuni dam olish kuni va final uchun kechadigan janglar 20 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston boks terma jamoasining quyidagi besh nafar vakili yarim finalga yo‘l olgan:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Mavzuga oid
17:11 / 29.11.2024
Bahodir Jalolovning professional boksdagi navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
03:07 / 11.08.2024
Bahodir Jalolov havaskordan professional boksga o‘tganini e’lon qildi
02:17 / 11.08.2024
Bahodir Jalolov - ikki karra Olimpiada chempioni
11:15 / 08.08.2024