Sport | 02:05 / 19.09.2019
27173
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. «Real» Parijda tor-mor etildi, «Atletiko» irodali durangga erishdi

Foto: EPA

Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari davom ettirildi. 

«Real» «PSJ» mehmoni bo‘lib, yirik mag‘lubiyatga uchradi. Qizig‘i, «qaymoqranglilar» darvozasiga klubning sobiq futbolchisi Anxel Di Mariya 2ta gol kiritdi.

Madriddagi «Vanda Metropolitano»da kechgan bahsda jangavor durang qayd etildi. «Atletiko» «Yuventus» bilan o‘yinda ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, iroda ko‘rsatdi.

Shuningdek, «Bavariya», «Manchester Siti» jamoalari guruh bosqichini g‘alaba bilan boshlashdi.

YeChL, 1-tur
A guruhi

PSJ – Real 3:0
Gollar: Di Mariya (14, 33), Myone (90+1).
PSJ: Navas, Tiago Silva, Bernat, Kimpembe, Markinos (Errera, 70), Di Mariya, Guyye, Sarabiya (Diallo, 89), Verratti, Myone, Ikardi (Shupo-Moting, 60).
Real: Kurtua, Varan, Militao, Karvaxal, Mendi, Kroos, Xames (Yovich, 70), Azar (Vaskes, 70), Kazemiro, Beyl (Vinisius, 79), Benzema.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (32), Vinisius (82), Di Mariya (82), Varan (89), Bernat (90+3).

Bryugge – Galatasaroy 0:0

V guruhi

Bavariya – Tsrvena Zvezda 3:0
Gollar: Koman (34), Levandovski (80), Myuller (90+1).

Olimpiakos – Tottenhem 2:2
Gollar: Podense (44), Valbuena (54, penalti) – Keyn (26, penalti), Moura (30).

S guruhi

Shaxtyor – Manchester Siti 0:3 
Gollar: Mahrez (24), Gyundogan (38), Jyezus (76).

Dinamo Zagreb – Atalanta 4:0
Gollar: Leovats (10), Orshich (31, 42, 68).

D guruhi

Atletiko – Yuventus 2:2
Gol: Savich (70), Errera (90) – Kuadrado (48), Matyuidi (65).
Atletiko – Oblak, Savich, Tripper, Ximenes, Lodi (Vitolo, 76), Saul, Koke, Lemar (Korrea, 60), Tomas (Errera, 76), Felish, Kosta.
Yuventus: Shchensni, de Ligt, Sandro, Danilo, Bonuchchi, Xedira (Bentankur, 69), Matyuidi, Pyanich (Remzi, 87), Kuadrado, Iguain (Dibala, 80), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (15), Kuadrado (71), Kosta (83).

Bayyer – Lokomotiv M 1:2
Gollar: Xyovedes (25, avtogol) – Krixovyak (16), Barinov (37).

Mavzuga oid