Jamiyat | 21:01 / 20.09.2019
16015
2 daqiqa o‘qiladi

Iqbol Mirzo: «O‘tgan yili shu taklifga qarsakbozlik qilganlar dabdabali to‘ylarning boshida turganini ko‘rdik»

«Qaror ijrosini o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Hamma qarab turibdi: o‘zlari nima qilarkin?»

To‘y-hashamlarni ixchamlashtirish borasida avvalo mansabdorlar boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishi lozim. Bir necha kun oldin Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan yangragan ushbu fikrni bugun ayni masala bilan shug‘ullanuvchi respublika komissiyasining raisi Iqbol Mirzo ham bildirib o‘tdi.

«Qaror ijrosini, eng avvalo, o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Biz ham to‘ylar arafasida turibmiz. Hamma qarab turibdi: o‘zlari nima qilarkin? Atrofimizdagi tanishlar, qarindoshlarga to‘ylarni ixcham o‘tkazish bo‘yicha ma'lumot bersak, yaxshi bo‘lardi.

O‘tgan yili bu harakatni qo‘llab-quvvatlab, qarsakbozlik qilganlar dabadabali to‘ylarni boshida turganligini ko‘rdik», – dedi Iqbol Mirzo to‘y-hashamlarni tartibga solish uchun yangi tashkil etilgan komissiyaning ilk yig‘ilishida.

Yig‘ilishda bildirilgan takliflarga ko‘ra, mahalladagi obroʻ-eʼtiborli insonlarning to‘yini namuna qilib o‘tkazish kerak. Agar bir necha odamlarning to‘yi ixcham va kamtarona tarzda o‘tsa, ko‘zlangan natijaga erishish mumkin.

Ta'kidlanishicha, qarorga birinchi bo‘lib rahbar va amaldorlar rioya qilishi zarur. O‘shanda odamlar ularga ergashadi.

Anjumanda komissiya a'zolari tomonidan «To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma qaror mazmun-mohiyatini qanday qilib xalqqa tushuntirish, targ‘ibotini amalga oshirish va mavzu atrofida aylanayotgan savollar yuzasidan shu va boshqa qator mulohazalar bildirildi.

Iqbol Mirzo: «To‘ylarimiz mamlakatni urushsiz vayron qiladigan ahvolga kelib qoldi»

Mavzuga oid