Ba'zi joylarda janoza kuni ro‘zg‘orda yo‘q bo‘lsa ham jonliq so‘yilishi odat bo‘lgan – Musulmonlar idorasi vakili
20 sentabr kuni Oliy Majlis Senatida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining birinchi majlisi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi boshlig‘i Muhammadnazar Qayumovning ta'kidlashicha, to‘y-hashamlar, oilaviy marosimlar bo‘yicha qabul qilingan qat'iy qarorni aholining katta qismi ijobiy qabul qilgan.
«Ijro masalasida esa har bir hududning marosim o‘tkazish bo‘yicha o‘ziga xosliklarini inobatga olish zarur. Komissiyalar hududlarga borganda mana shu jihatni o‘rganib qaytishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Masalan, hozir Qoraqalpog‘iston Respublikasidan qo‘ng‘iroqlar bo‘lyapti. Bizdagi ma'lumotga ko‘ra, hududning ba'zi joylarida janoza kuni ro‘zg‘orda bor-yo‘qligiga qaramasdan bitta jonliq so‘yilishi zarur. Bundan tashqari, har bir vafot etgan shaxsga alohida tobut yasash va uni qabristonda qoldirish odati mavjud», deya ma'lumot berdi Muhammadnazar Qayumov.
Musulmonlari idorasi machitlar bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, mana shunga o‘xshash turli odatlarning alohida ro‘yxatini shakllantirish orqali ularning yo‘qotilishiga tezroq erishish imkoni bo‘lishi mumkin.
«Imom-xatiblarimiz tushuntirish ishlarida hamma narsani chiroyli yetkazib berishga qodir. Odamlar ham ularga quloq soladi.
Agar hozir Respublika bo‘yicha 2065ta masjid bo‘lsa, bu - 2065 nafar imom deganidir. Qo‘shimcha 2 nafardan noibni ham hisoblasak, 7 ming nafarga yaqin diniy arboblarimiz bor», deya ma'lumot berdi Muhammadnazar Qayumov.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Musulmonlari idorasining 2002 yil qabul qilingan to‘y-ma'rakalar va ularning me'yori to‘g‘risida qabul qilingan alohida fatvosiga ham o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024