Sport | 13:35 / 21.09.2019
7716
1 daqiqa o‘qiladi

Rashid Qurbonov chorak finalga chiqdi, Shapiyev yutqazdi

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

-79 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rashid Qurbonov nimchorak finalda eronlik Bahmad Muhammad Temuriy bilan kurashdi va 13:10 hisobida g‘alabaga erishdi. Endi u chorak finalda armanistonlik Grigor Grigoryan bilan bellashadi.

Qurbonov saralashda janubiy koreyalik Jang Vumin bilan kuch sinashib, 12:2 hisobida g‘alaba qozongandi.

-86 kg vazn toifasidagi Jabroil Shapiyev esa nimchorak finalda rossiyalik Artur Naifonovga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

U saralash bosqichida ozarboyjonlik Aleksandr Gotsiyevni (4:1) va gruziyalik Sandro Aminashvilini (6:3) mag‘lub etgandi. Endi Naifonov finalgacha borsa, Shapiyevda bronza va Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyati saqlanib qoladi.

Mavzuga oid