Jahon | 08:43 / 22.09.2019
9792
2 daqiqa o‘qiladi

Hilton mehmonxonalari tarmog‘ining sobiq egasi Berron Xilton vafot etdi

Foto: Global Look Press

Hilton mehmonxonalari tarmog‘ining sobiq egasi Berron Xilton 92 yoshida Los-Anjyelesda vafot etdi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi. 

CNN telekanalining ma'lum qilishicha, Xilton tabiiy sabablar bilan hayotdan ko‘z yumgan.

Uning nabirasi Peris Xilton tvitterda bobosi o‘limiga izoh bergan. “U afsona, bashoratchi, ajoyib, mehribon inson edi, u yutuqlar va sarguzashtlarga to‘la hayot kechirdi”, deb yozgan Peris.    

Berron Xilton otasi Konrad Xilton tomonidan asos solingan mehmonxonalar tarmog‘ini 30 yil davomida boshqargan. U 1996 yilda Hilton Hotels Corporation kompaniyasi prezidenti lavozimidan ketgan, biroq yana 10 yil davomida direktorlar kengashi raisi bo‘lib qolgan.

Kompaniya 1919 yilda birinchi mehmonxonasi Sisko shahrida (Texas shtati) ochilganda tashkil topgan. Hozirda 100 dan ko‘proq davlatda 5 mingdan ko‘proq mehmonxonasi bor. Jumladan, tarmoqning shunday mehmonxonalaridan biri Toshkentda qad rostladi.

Mavzuga oid