Jahon | 17:24 / 23.09.2019
24104
2 daqiqa o‘qiladi

A321 samolyotini makkajo‘xori dalasiga qo‘ndirgan komandir musulmonlar ordeni bilan mukofotlandi

Moskva viloyatida makkajo‘xori dalasida favqulodda qo‘ndirilgan A321 yo‘lovchi samolyoti komandiri Damir Yusupov Rossiya musulmonlarining "Xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Rossiya muftiylar kengashi va musulmonlar boshqarmasi rahbari Ravil Gaynutdin ma'lum qildi.

"Bir necha hafta avval fuqaro aviatsiyasi kapitani Damir Yusupov xalq muhabbati va faxriga erishdi. Musulmonlar masjidga muntazam qatnaydigan dindoshlaridan faxrlandilar. Biz uni Rossiya musulmonlarining "Xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlashga qaror qildik", - dedi u.

15 avgustda “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining Moskvadan Simferopolga uchayotgan samolyoti Jukovskiy aeroportidan havoga ko‘tarilishidan ko‘p o‘tmay baliqchi qushlar galasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda qushlar samolyot dvigateliga tushgan. Shundan keyin uchuvchilar Ribinskoye qishlog‘i yaqinidagi dalaga qo‘nishga qaror qilishgan. Rosaviatsiya rahbari Aleksandr Neradkoning ta'kidlashicha, bu yagona to‘g‘ri qaror bo‘lgan.

Samolyotda 226 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosi bo‘lgan.

Layner o‘chirilgan dvigatellar va ko‘tarilgan shassilar bilan qo‘nishni amalga oshirgan. Ekipaj yo‘lovchilarni qutqaruv trapi orqali evakuatsiya qilgan.

Mavzuga oid