AQShda "dizelgeyt" ishi doirasida BMW va Bosch kompaniyalariga qarshi yangi da'vo qo‘zg‘atildi
AQShda Germaniyaning BMW va Bosch kompaniyalariga qarshi dizel dvigatellaridan zaharli moddalar ajralib chiqishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni soxtalashtirish bo‘yicha da'vo arizasi berildi.
Dushanba kuni Hagens Berman yuridik firmasi Nyu-Jyersi sudiga da'vo arizasi berdi. Unda ta'kidlanishicha, BMW avtomobillarida ham xuddi Volkswagen mashinalaridagi kabi dizel ajratmalarini kamaytirib ko‘rsatuvchi qurilma o‘rnatilgan.
Mazkur qurilma dasturi dvigateldan chiquvchi zaharli moddalar miqdorini kamaytirib ko‘rsatadi yoki nazoratni butunlay o‘chirib qo‘yadi. Da'vo 2009-2013 yillarda sotilgan o‘n minglab BMW X5 va 335d mashinalariga oid. Da'vogarlarning fikricha, bu avtomobillarda zaharli modda ajralib chiqishi AQShdagi me'yordan 27 martaga ko‘pdir.
BMW avtomobillari uchun qurilmalar yetkazib beruvchi Bosch kompaniyasi mazkur dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda hamda soxtalashtirish ishlarida faol ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
17:55 / 30.09.2024
Grin karta mavsumi 2 oktyabrdan boshlanadi
15:47 / 30.09.2024
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
12:10 / 30.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
22:37 / 28.09.2024