Facebook kompyuterni fikr orqali boshqarish bo‘yicha startapni sotib oldi
Facebook kompaniyasi kompyuterni miya impulslari yordamida boshqarish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan CTRL-Labs startapini sotib olganini e'lon qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Facebook vitse-prezidenti Endryu Bosuortning so‘zlariga ko‘ra, CTRL-Labs ishlanmalaridan biri bilaguzuk bo‘lib, u miyadan keladigan signallarni o‘qiydi. Bunday bilaguzuk yordamida kompyuterda klaviatura ishlatmasdan matn terish mumkin.
Agentlikning qayd etishicha, kelgusida bu texnologiya smartfonlarda joriy etiladi va virtual voqelik ko‘zoynagi bilan birgalikda foydalaniladi. Telefon, ko‘zoynak va bilaguzuk yordamida kompyuterni klaviatura va sichqonchasiz boshqarish mumkin bo‘ladi.
CNBC manbalarining xabar berishicha, shartnoma qiymati 500 mln dollardan 1 mlrd dollargachani tashkil etadi.
Mavzuga oid
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
00:32 / 29.09.2024
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
22:51 / 05.03.2024
Facebook va Instagram butun dunyo bo‘ylab vaqtincha ishlamay qoldi
21:32 / 01.02.2024