O‘zbekiston | 12:16 / 24.09.2019
22047
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» Toshkentdagi havo qanchalik ifloslangani haqida ma'lumot berdi

Foto: KUN.UZ

Airvisual.com saytida atmosfera havosining faqat RM 2,5 mayda dispers zarrachalari bilan ifloslanishi to‘g‘risidagi ma'lumot real vaqt rejimida e'lon qilinadi. Shaharlarda atmosfera havosining ifloslanish indeksi beshta asosiy ifloslantiruvchi modda bo‘yicha hisoblanadi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Airvisual.com rasmiy davlat sayti hisoblanmaydi. Ma'lumotlar xususiy kompaniyalar va tashkilotlarning sun'iy yo‘ldosh orqali olingan kuzatuv natijalari asosida olinadi. Ushbu ma'lumotlar tanishish va tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, aholi, siyosatchilar va ishbilarmonlarning havoning RM 2,5 mayda dispers zarrachalari bilan ifloslanishi to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish maqsadida beriladi. 

O‘zbekistonning tabiiy xususiyatlari (iqlimi quruq, tuprog‘i qumli va gilli) sababli uning atmosfera havosida muallaq zarrachalar tarkibi yuqoridir. Mamlakatning arid iqlimi atmosferada muallaq zarrachalar hosil bo‘lishiga va ularning harakatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, Airvisual.com saytida 2019 yil 19 sentabr uchun real vaqt rejimida e'lon qilingan Toshkent shahrida atmosfera havosining RM 2,5 mayda dispers zarrachalari bilan ifloslanishi to‘g‘risidagi ma'lumot vaqtinchalik tavsifga ega va iqlimiy hamda geografik sharoitlarga bog‘liq.

Xuddi shu saytda joriy yilning 23 sentabr kuni uchun e'lon qilingan ma'lumotga ko‘ra atmosfera havosining ifloslanishi bo‘yicha O‘zbekiston 74-o‘rinni egallagan.

Mavzuga oid