Jamiyat | 16:05 / 26.09.2019
13458
1 daqiqa o‘qiladi

Denov tumanidagi chiqindi poligoni: Aholi «Toza hudud»ning achchiq tutunidan aziyat chekmoqda

Surxondaryo viloyati Denov tumani Dahana qishlog‘idan tahririyatimizga videomurojaat kelib tushdi.

Qishloq yaqinidagi adirda «Toza hudud» DUK tomonidan 2 yil muqaddam chiqindi poligoni qurilgan. Ayni paytda qishloq ahli ushbu poligondan tarqalayotgan tutundan aziyat chekmoqda.

Poligonda chiqindilar qayta ishlanib, yo‘q qilinishi o‘rniga ularga o‘t qo‘yilmoqda. Qo‘lansa tutun esa Dahana qishlog‘iga yopirilmoqda.

Qishloq ahlining mutasaddilarga murojaatiga shunday javob xati qaytarilgan:

Boz ustiga, murojaatlardan so‘ng tutun pasayish o‘rniga kuchaygan.

Chiqindi poligoni tutashda va odamlarni zaharlashda davom etmoqda.

Qishloq ahli tunda ayniqsa qariyalar va go‘daklar nafas olishga juda qiynalishayotganini ta'kidlashmoqda.

Tutundan to‘ygan Dahanaga yordam kerak!

Matn: Shuhrat ShOKIRJONOV
Video: Faxriddin HOTAMOV

Mavzuga oid