O‘zbekiston xokkey federatsiyasi IIHF’ga qabul qilindi
Bugun, 26 sentabr kuni, O‘zbekiston xokkeyi uchun tarixiy voqea yuz berdi: mamlakat xokkey federatsiyasi boshqa olti mamlakat qatorida Xalqaro shaybali xokkey federatsiyasiga (IIHF) qabul qilindi. Bu Rimdagi (Italiya) IIHF kongressida sodir bo‘ldi.
«Avvalo, bizni qo‘llab-quvvatlagan va kongressda O‘XF uchun ovoz bergan barcha IIHF a'zolariga rahmat aytaman. Shaybali xokkeyning katta oilasiga qo‘shilish biz uchun katta sharafdir. Men o‘z mamlakatimdagi barcha xokkey muxlislari bilan birgalikda bundan faxrlanmoqdaman hamda yangi maqomimiz O‘zbekistonda o‘yinni rivojlantirish uchun ko‘proq imkoniyatlar ochishiga ishonaman.
Rivojlanish va ta'lim dasturlariga, shuningdek, IIHF tomonidan o‘tkaziladigan turli xil tadbirlar va musobaqalarga, yangi aloqalar va boshqa a'zo assotsiatsiyalar bilan munosabatlarga ega bo‘lish, shubhasiz, butun mamlakat bo‘ylab xokkeyni kengaytirish bo‘yicha rejalarimizni qo‘llab-quvvatlaydi», - deya ma'lum qildi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi (O‘XF) prezidenti Baxtiyor Fozilov.
Eslatib o‘tamiz, O‘XF 2018 yil mart oyida tashkil etilgan. 2019 yil boshida u O‘zbekistonning birinchi chempionatini o‘tkazdi. 31 may kuni yangi tashkil etilgan «Humo» klubi Oliy xokkey ligasi chempionati - Buyuk Ipak yo‘li kubogida ishtirok etishiga qaror qilindi. 2019 yil avgust oyida «Humo-2» jamoasining Qozog‘iston Respublikasi ochiq chempionatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi qarorga kelindi.
Mavzuga oid
08:50 / 31.05.2024
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi
18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi
22:47 / 30.04.2024
O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi
18:43 / 02.04.2024