Jahon | 23:31 / 29.09.2019
25397
1 daqiqa o‘qiladi

Afrika g‘arbida 200 ga yaqin delfin o‘zini plyajga otdi

130 dan ko‘proq delfin Afrikaning g‘arbida joylashgan Kabo-Verde orol-davlatining plyajiga o‘zini otib nobud bo‘ldi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, 200ga yaqin delfin o‘zini qirg‘oqqa otgan.

Plyajdagi odamlar delfinlarni suvga qaytarishga uringanlar, biroq ko‘p holatlarda ularning urinishlari besamar ketgan.

Suvga qaytarilgan delfinlar yana qirg‘oqqa otilgan. Oqibatda 136ta jonivor nobud bo‘lgan.

Mamlakat rasmiylari olimlardan dengiz jonzotlarining bunday g‘ayrioddiy harakatlari sababini tushuntirishni so‘ragan.

Mavzuga oid