Light | 09:30 / 29.09.2019
63283
3 daqiqa o‘qiladi

Qanday qilib shamollashni tez tuzatish mumkin?

Sovuq mavsumda, ayniqsa kuz faslida shamollab qolish ehtimoli katta. Bu ro‘y berganda nima qilish kerak? Ertasi kuni o‘zingizni yaxshiroq qilish uchun bugun qanday choralar ko‘rish lozim?

Ertalab
Kunni issiq dush bilan boshlang. Ushbu muolaja juda muhim, chunki issiq suv titroqni bosishga yordam beradi, bug‘ esa burun bo‘shlig‘ini tozalaydi.

To‘g‘ri nonushta 
Ishtaha butunlay yo‘qolganda ham nonushtani o‘tkazib yuborish yaramaydi. Katta likopdagi mevali bo‘tqa eng foydalisidir. Agar bunga bir stakan apelsin sharbati ham qo‘shilsa, S vitamini zaxirasi bir urinish bilan to‘ldiriladi.

Zarur muolajalar
Nafas yo‘llarini tozalash uchun ingalyatsiya qiling. Puls urishiga o‘xshash bosh og‘rig‘i paydo bo‘lsa, paratsetamol yoki u bor biror dori qabul qiling. Bosh og‘rig‘ining sababi, katta ehtimol bilan, burun berkilib qolganidir. Agar tomoq og‘rig‘i boshlansa, uni oddiy suvda chaying va qizarishning oldini oluvchi so‘riluvchi tabletka qabul qiling.

Sayr qilish juda muhim
Shamollash vaqtida issiq choyshabga o‘rangan holatda asal solingan issiq choy ichib kasallanish tark etishini kutish odatga aylangan. Ammo sayr qilish ham ahamiyatlidir. Ozroq piyoda yurish miyani tozalashga va immunitetni oshirishga yordam beradi. Asosiysi haroratga mos kiyinib olish darkor.

To‘yimli tushlik
Sog‘lom ovqatlanishning barcha qoidalariga rioya qilgan holda tushlik to‘yimli va go‘shtli bo‘lishi zarur, chunki oqsillar immun tizimi ishini beqiyos darajada faollashtiradi.

Ko‘proq suyuqlik
Shamollash vaqtida ko‘p suyuqlik ichishni yoddan chiqarmang — bu organizmdan infeksiyalarni quvish imkonini beradi. Shuningdek, apelsin sharbatining ijobiy ta'siri uzoq davom etadi. 

Kechki ovqat ziravorli bo‘lsin
Chili qalampiri, karri, zanjabil va garmdorilar o‘zining virusga qarshi va antibakterial xususiyati bilan mashhur. Ular mikroblardan xalos bo‘lishga, bundan tashqari nafas yo‘llarini tozalashga yordam beradi.

Bo‘shashtiruvchi vanna
Bu og‘ir kundan so‘ng mukammal dam olishga va kuchni tiklashga ko‘makchi vazifasini o‘taydi. Uyqu oldidan nafas yo‘llarini ochib olishdagi yana bir bug‘li vosita hisoblanadi.

8 soatdan kam bo‘lmagan sog‘lom uyqu
Tobingiz qochsa, organizmingiz o‘zini tiklab olishi uchun ko‘proq dam olishga harakat qiling. Immun tizimi ko‘ngildagidek faoliyat olib borishi uchun doimiy va sog‘lom uyqu zarurligi hech kimga sir emas.

Mavzuga oid