Andijon shahridagi xususiy maktabda o‘quvchi va o‘qituvchilar ovqatdan zaharlandi
Bugun, 30 sentabr kuni Andijon shahrida joylashgan «Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy» nomli nodavlat ta'lim muassasasida ovqatdan zaharlanish holati ro‘y berdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayev Kun.uz’ga ushbu maktabda ro‘y bergan holat to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy» nodavlat ta'lim muassasasi 2018 yilda faoliyatini boshlagan, muassasada hozirgi kunda 238 nafar o‘quvchiga 29 nafar pedagog xodimlar tomonidan ta'lim berib kelinmoqda.
2019 yil 30 sentabr kuni muassasa hududida joylashgan «Yusuf shirin mazali nonlari» MChJga qarashli maktab oshxonasida tushlik uchun tayyorlangan ovqat mahsulotlarini 217 nafar o‘quvchi va 19 nafar xodim iste'mol qilgan (birinchi ovqat no‘xotli sho‘rva, ikkinchi ovqat lag‘mon).
Tushlikdan 2-3 soatdan so‘ng ovqatlanganlarda ko‘ngil aynishi, ich ketishi, subfebril harorat belgilari kuzatila boshlagan, zudlik bilan tez yordam chaqirilib, yuqoridagi belgilar yuzaga kelgan bemorlar shifoxonaga olib kelingan. Hozirda 3ta shifoxonada (viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi) 82 nafar o‘quvchi, 3 nafar o‘qituvchi va 4 nafar boshqa xodim, soat 19:00 holatiga jami 89 nafar bemor belgilangan tartibda davo muolajalarini olmoqda. Shifoxonada davolanayotgan bemorlarning 3 nafari o‘rta og‘irlikda reanimatsiya bo‘limida, barcha bemorlarga yetarli shart-sharoitlar, dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida alohida tezkor shtab tashkil etildi, barcha bemorlar nazorat ostida, shifoxonaga yotqizilmagan o‘quvchilarning ota-onalariga bog‘lanib, holat yuzasidan tegishli tavsiyalar berib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Yuz bergan holatni shaxsan Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligi o‘z nazoratiga olgan, Sog‘liqni saqlash vazirligining malakali mutaxassislardan iborat ishchi brigadasi safarbar etildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik Agentligi hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan ovqat namunalari olinib, kasallanish sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
17:21 / 07.11.2024
Farg‘onada to‘rt kishi ovqatdan zaharlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024