«O‘tkan kunlar» ilk bor tahrirsiz audioformat shaklida taqdim etildi - Tashkent book fest – 2019
I Xalqaro «Tashkent book fest – 2019» kitob ko‘rgazma-yarmarkasi dasturidan o‘rin olgan tadbirlar doirasida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda NOVDA edutainment kompaniyasi tayyorlagan «O‘tkan kunlar» audioromanining taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Yozuvchining ushbu asari yuzasidan bir asrdan buyon jiddiy fikr mulohazalar bildirib kelinmoqda. Shuning uchun ham aynan ushbu kitobning audiovarianti tayyorlandi.
Garchi bu asar oldin ham audio holatida taqdim etilgan bo‘lsa-da, biz tayyorlagan variant ilk marta tahrirsiz holatda, kitobning asl variantidan foydalanilgan holda tayyorlandi», - deya ma'lumot berdi NOVDA edutainment kompaniyasi vakillari.
Ko‘rgazmada ma'lumot berilishicha, «O‘tkan kunlar» audioromanining davomiyligi 17 soatu 36 daqiqadan iborat bo‘lib, 57 nafar aktyor ovoz berish jarayonlarida ishtirok etgan.
Eng malakali mutaxassislar ishtirokidagi ovoz berish jarayonlari 32 kun davom etgan bo‘lib, montaj ishlari 30 kun ichida amalga oshirilgan.
«Bundan tashqari, kuy-qo‘shiqlar ham eng sara ansambllar tomonidan jonli ijro etilgani tufayli asarning ruhi yanada ko‘tarilgan», deya ma'lumot berdi NOVDA edutainment kompaniyasi.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024