Osiyo jahonda o‘z o‘rniga qaytmoqda, Rossiya fuqarolar urushidan nima evaziga qutulib qolgandi – Putin «Valday» klubida nimalar haqida gapirdi?
30 sentabr-3 oktabr kunlari Sochi shahrida «Valday» xalqaro diskussion klubining XVI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ekspertlarning turli mavzulardagi savollariga javob qaytardi.
Xalqaro terrorizm haqida
"Biz deyarli g‘alabaga erishgan xalqaro terroristik internatsionalni mag‘lub etdik, mamlakatimiz va biz bilan viza rejimiga ega bo‘lmagan qo‘shni davlatlarga yuzlab, balki kelgusida minglab qurollangan kallakesarlar qaytib kelishining oldini oldik", - dedi Putin.
Jahondagi tartib haqida
"Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik murakkablashmasin, yadroviy va raketa qurollari sohasida huquqiy bo‘shliqlar qanchalik xavfli bo‘lmasin, xalqaro huquqqa asoslangan jahon tartibi saqlanib qolishiga umid qilaman. Va barchamiz uni himoya qilish ustida ish olib boramiz", - dedi u.
Osiyoning dunyodagi o‘rni haqida
"Bugun Mag‘rib va Yaqin Sharqdan Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyogacha ulkan maydonda joylashgan Osiyo jahondagi ishlarda o‘zining buyuk merosi va bugungi o‘sib borayotgan salohiyatiga muvofiq bo‘lgan tabiiy o‘rnini qaytarib olmoqda. Hozirda global muammolarni Osiyo ishtirokisiz hal qilish imkonsiz", - dedi Rossiya prezidenti.
Rossiya fuqarolar urushidan qanday qutulib qolgani haqida
"Rossiya 2000-yillar boshida har qanday xalq, har qanday millat va mamlakat uchun eng yomon narsa – davlatning parchalanishi va yo‘qolib ketishi chegarasiga kelib qolgandi. Bu xavfni ko‘pchilik his qila boshlagandi. Biz o‘shanda yirik miqyosdagi fuqarolar urushi botqog‘iga botib qolishimiz, davlat birligi va suverenitetini yo‘qotishimiz hamda jahon siyosatidan tashqarida qolishimiz mumkin edi. Faqat rus xalqi va Rossiyadagi boshqa xalqlarning vatanparvarligi, mardligi, sabrliligi va mehnatsevarligi tufayligina mamlakatimiz bu xavfli chegaradan uzoqlashdi", - deb ta'kidladi Putin.
Mavzuga oid
22:35 / 11.11.2024
«Tramp bilan ham, G‘arb yetakchilari bilan ham muloqot rejalanmayapti» - Peskov
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
12:57 / 11.11.2024
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi
07:55 / 11.11.2024