Jahon | 11:00 / 04.10.2019
6974
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda elektron sigaretlardan 18 kishi vafot etdi

Foto: Sergey Fadeichev/TASS

AQShda elektron sigaretlar chekish yoki “veyping”dan 18 kishi vafot etdi, 1080 kishida esa o‘pka kasalliklari aniqlandi. Bu haqda AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining 3 oktyabrdagi hisobotida aytilgan.

Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, veypingdan o‘lish holatlari 15 ta shtatda qayd qilingan. Ta'kidlanishicha, kasallanganlarning aksariyati, ya'ni 70 foizini erkaklar tashkil qiladi. Shuningdek, 80 foiz holatda gap 35 yoshdan kichik kishilar haqida bormoqda. Ulardan 16 foizini hali 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlar tashkil qiladi.   

AQShda oxirgi oylarda elektron sigaretlarning salomatlikka salbiy ta'sir ko‘rsatishi borasida bahslar keskinlashdi. Sentabr boshida AQShning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azar mamlakatda aromatik qo‘shimchalarga ega elektron sigaretlar savdosi sezilarli darajada taqiqlanmoqchiligini aytgan. 

AQShda elektron sigaretlardan o‘lish holati ilk bor avgustda Illinoys shtatida qayd qilingan. Vafot etgan “veyper”da og‘ir respirator kasallik aniqlangan.

Mavzuga oid