O‘zbekiston | 18:42 / 07.10.2019
33233
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda paxta qo‘shib yozish holati aniqlandi

Foto: KUN.UZ

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi. 

Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda “J” fermer xo‘jaligi tomonidan 2.580 kg paxta xomashyosi topshirilgan bo‘lsa-da, “Shumanay paxta qabul qilish maskani” AJ mansabdor shaxslari jamiyat pul mablag‘larini talon-toroj qilish maqsadida, yuk xatlariga soxta ma'lumotlar kiritib, umumiy qiymati 20,8 mln. so‘m bo‘lgan 5.940 kg paxta xomashyosini qo‘shib yozib, hujjatlarni soxtalashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Shumanay paxta qabul qilish maskani” mansabdor shaxslariga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid