Turkiya hududining kurdlar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning Mardin viloyatidagi Nusaybin tumani suriyalik kurd otryadlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi yaralandi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq Turkiyaning Shonliurfa viloyatidagi Suruch shahri minomyotdan o‘qqa tutilgan. Minomyot snaryadlarining aholi yashaydigan hududda portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi yaralangan.
10 oktyabrda Mardin va Shonliurfadagi aholi punktlarining raketa va minomyotlardan o‘qqa tutilishi oqibatida 7 kishi, jumladan 5 bola va o‘smir halok bo‘lgan.
Turkiya 9 oktyabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasi va IShIDga qarshi “Tinchlik manbai” deb nom olgan harbiy amaliyotni boshlagandi. Turk harbiy aviatsiyasi o‘sha kuni Suriyaning Turkiya bilan chegaradagi Ras al-Ayn va boshqa shaharlariga aviazarbalar bergan. Keyinroq amaliyotning quruqlikdagi qismi boshlangani e'lon qilingan.
Mavzuga oid
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
12:52 / 10.08.2024
Suriyada Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar hujumida 11 kishi halok bo‘ldi
15:07 / 07.08.2024