Sport | 18:09 / 12.10.2019
17250
2 daqiqa o‘qiladi

Oksana Chusovitina o‘zining rekordini yangilab, sakkizinchi bor olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Foto: Belga Image

Ayni kunlarda Germaniyaning Shtutgart shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Ushbu dunyo birinchiligi kelasi yil Tokio shahri mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma berishi bilan yanada ahamiyatli, deb xabar qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Xalqaro gimnastika federatsiyasi ushbu musobaqa arafasida bir qator sportchilarga Tokio Olimpiadasida qatnashish imkoniyatini beruvchi yo‘llanma taqdim etdi. Ahamiyatlisi ushbu lisenziantlar qatorida O‘zbekistonning ikki nafar vakili - Oksana Chusovitina hamda Rasuljon Abdurahimovning nomlarini ham ko‘rish mumkin.

«Vakillarimiz dunyo birinchiligida sovrindorlar qatoridan joy ololmagan bo‘lsalar ham, o‘zlarining yuksak mahorati bilan xalqaro mutasaddilar e'tiborida bo‘lishdi. O‘z nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Reglamentga ko‘ra, hamyurtlarimiz kelasi yil Tokio Olimpiadasida o‘zlari istagan yo‘nalishda ishtirok etishlari mumkin.

Shu tariqa, Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgan sportchilarimiz soni 10 nafarga yetdi», deyiladi MOQ xabarida.

Mavzuga oid