Jahon | 11:10 / 14.10.2019
14885
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi ilgari kurdlar nazoratida bo‘lgan shaharga kirdi

Foto: REUTERS/Stringer/File Photo

Livanning al-Mayadeen telekanali xabariga ko‘ra, dushanba kuni Suriya armiyasi Raqqa viloyatidagi avval kurdlar nazoratida bo‘lgan Tabka shahriga kirib, shimol tomonga qarab harakatlanmoqda.

«Suriya hukumat armiyasi Raqqa viloyati g‘arbidagi Tabka shahriga kirib, shimol tomon harakatlanmoqda», - deb xabar beradi kanal.

Suriya ma'muriyati bu borada hozircha rasmiy bayonot bermadi.

Yakshanba kuni Suriya shimoli-sharqidagi muxtor ma'muriyat Suriya hukumati bilan Turkiya armiyasi va turkparast guruhlarning hujumini qaytarishda yordam berish uchun Suriya qo‘shinlarini butun Suriya-Turkiya chegarasi bo‘ylab joylashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishganini e'lon qildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 oktabr kuni Suriya shimolida «Tinchlik bulog‘i» amaliyoti boshlangani haqida ma'lum qildi, u Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi va IShID terrorchilik guruhiga qarshi qaratilgani aytiladi. Shu kuni Turkiya aviatsiyasi ikki mamlakat chegarasidagi Ras al-Ayn shahriga va Suriyaning boshqa bir qator shaharlariga zarbalar berdi.

Keyinchalik amaliyotning yer usti qismi boshlanganligi e'lon qilindi. 12 oktabr, shanba kuni, Turkiya Mudofaa vazirligi Turkiya harbiylari va Suriya qurolli muxolifati tomonidan Ras al-Ayn shahri, yakshanba kuni esa Anadolu agentligi Tell-Abyad shahri nazorat ostiga olinganini xabar berdi.

Mavzuga oid