Jahon | 14:34 / 15.10.2019
10954
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: kurdlar Ras-al-Ayn shahri ustidan nazoratni yana o‘z qo‘llariga oldi

Foto: AP Photo/Emrah Gurel

Kurdlarning "Xalq mudofaasi kuchlari" (XMK) otryadlari qarshi hujum natijasida 12 oktabr kuni turk qo‘shinlari va ularning ittifoqchilari tomonidan egallab olingan Ras-al-Ayn shahri ustidan nazoratni tikladi. Bu haqda Al-Hadath telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, shahar atrofida kurdlar va turk harbiylari tarafida ishtirok etayotgan Suriya qurolli muxolifati tuzilmalari o‘rtasida ayovsiz janglar bo‘lib o‘tmoqda. XMK otryadlari hozirda qo‘shni Tell-Xalaf shahriga hujum qilmoqda. Shuningdek, Kobani shahrida ham to‘qnashuvlar bo‘layotgani haqida ma'lumotlar berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 oktabr kuni Turkiya qurolli kuchlari kurd qurolli tuzilmalarini siqib chiqarish uchun Suriya shimoli-sharqida "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasini boshladi.

Mavzuga oid