O‘zbekiston | 13:51 / 15.10.2019
14234
2 daqiqa o‘qiladi

Polkovnik Ruftullo Nig‘matov: «Muayyan davlatning xavfsizligiga tahdid bugungi kunda milliy chegaralar doirasida qolib ketolmaydi» 

Foto: KUN.UZ

Toshkentda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti shafeligida «Zamonaviy harbiy mojarolar: mazmuni va olingan saboqlar» mavzusida birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, anjumanda Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Ruftullo Nig‘matov ma'ruza qildi.
 
«Muayyan davlatning xavfsizligiga tahdid bugungi kunda uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib ketolmaydi va ular mintaqaviy ko‘lamda namoyon bo‘ladi. Bunda mintaqaning xavfsizligini uning iqtisodiy rivojlanishi masalasidan ajralgan holda ko‘rib chiqib bo‘lmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tobora ko‘proq ekspertlar Markaziy Osiyoni xavfsizlik muammolari bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan davlatlar guruhi sifatida ko‘rish kerak, degan fikrga kelishmoqda. Ularning milliy xavfsizligiga tahdidlarni alohida tahlil qilish va hal etish mumkin emas», - dedi R. Nig‘matov.

Bundan oldin, O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov bugungi kunda siyosiy maqsadlarni keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuvsiz ham amalga oshirish mumkin ekani haqida aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid