Jamiyat | 11:41 / 15.10.2019
4254
2 daqiqa o‘qiladi

Xonqa shahridagi ikkita uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 13 oktabr kuni soat 11:02da Xorazm viloyati Xonqa shahri “Bunyodkor” mahallasi, Afsona ko‘chasida joylashgan 40 va 42-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, ko‘rsatilgan manzilga yettita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga 4 daqiqada yetib borgan. 

Yong‘in o‘chiruvchilarning harakatlari natijasida yong‘in soat 11:42da qurshab olingan va soat 12:06da bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 40 va 42-uylarning 100 va 200 kv. metr maydondan tom qismlari hamda u yerda saqlanayotgan somon presslari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 100 kv. metr maydonlari saqlab qolingan. 

Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid