Qozog‘istonda yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi og‘ir jarohatlanib kasalxonaga yotqizildi
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi og‘ir jarohatlanib kasalxonaga yotqizildi.
17 oktabr kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. YTHda jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi S.N. Irg‘iz tuman kasalxonasiga joylashtirildi. Olingan ma'lumotlarga binoan uning sog‘ligi holati og‘ir deb baholanmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024