Jahon | 18:25 / 20.10.2019
8461
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Pentagon rahbari toliblar bilan muloqot o‘rnatish uchun Afg‘onistonga keldi

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper shuningdek Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Foto: REUTERS/Erin Scott

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper “Tolibon” harakati vakillari bilan muzokaralarni yangilash maqsadida Afg‘onistonga keldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

"Tashrifdan maqsad, tinchlik kelishuviga erishish, siyosiy kelishuvga erishish – eng yaxshi yechim", - deya Esperning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.

Xabar qilinishicha, Pentagon rahbari shuningdek, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

2018 yil kuzda AQSh “Tolibon” vakillari bilan tinchlik muzokaralarini boshlagandi. To‘qqiz bosqichli uchrashuvlardan so‘ng AQSh maxsus vakili toliblar bilan tinchlik kelishuviga erishilganini ma'lum qilgandi. Ammo keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kem-Deviddagi qarorgohida Afg‘oniston prezidenti va “Tolibon” yetakchilari bilan maxfiy uchrashuv bekor qilinganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid