O‘zbekiston | 20:55 / 22.10.2019
6816
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Bugun, 22 oktabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Dilshod Choriyev boshchiligidagi harbiy delegatsiya rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.

«O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonning «Janub» Regional qo‘mondonligida bir necha kunlik safari davomida qo‘shinlar boshqaruvi hamda ularning jangovar va operativ tayyorgarligi bilan yaqindan tanishib, tajriba almashishi ko‘zda tutilgan», deyiladi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 27 sentabr kuni Qozog‘istonning «Janub» Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni general-mayor Kaydar Karakulov rahbarligidagi harbiy delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida «Janub» Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi harbiy qism va muassasalarning infratuzilmasi, harbiy mutaxassislarni tayyorlash jarayonlari hamda o‘quv-moddiy baza bilan tanishgan edi. Unda mudofaa sohasida o‘zbek-qozoq hamkorligining istiqbollari muhokama qilinib, harbiy yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikrlar berilgandi.

Mavzuga oid