Markaziy bank raisi o‘rinbosari «qora bozor»ga qanday barham berish mumkinligini aytdi
“Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy bankda brifing bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, brifing davomida Qonunning yangi tahriri yuzasidan batafsil ma'lumotlar keng jamoatchilikka yetkazilmoqda.
Xususan, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobur Abubakirov valuta “qora bozori”ga qanday barham berilishi mumkinligini aytdi.
“Mazkur qonun qabul qilinishidan oldin ham valuta kursi tijorat banklaridagi savdo sessiyalarida belgilangan. “Qora bozor”, noqonuniy faoliyatga administrativ emas, iqtisodiy choralar ko‘rish orqali barham berish mumkin”, - deya Bobur Abubakirovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarda valuta kursi chet el valutasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi valutasining chet el valutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.
Mavzuga oid
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
21:38 / 10.07.2024
Rossiya Markaziy banki valuta bozori to‘liq Xitoyga tobe bo‘lib qolganini ta’kidladi
10:49 / 09.07.2024