Pekin Hongkong rahbarini almashtirishni rejalashtirmoqda - Financial Times
Xitoy hukumati Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lamni almashtirish bo‘yicha rejani tayyorlamoqda. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Financial Times nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, agar ushbu qaror Xitoy raisi Si Tszinpin tomonidan ma'qullansa, ma'muriyatning vaqtinchalik yangi rahbari 2020 yil martida Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi sessiyasida tayinlanadi va ushbu lavozimni Lam vakolatlari muddati yakunlanishi kerak bo‘lgan 2022 yilgacha egallaydi. Biroq bu yangi nomzod so‘ngra 5 yillik muddatga ushbu lavozimda qolishini anglatmaydi. Ma'lum qilinishicha, Hongkong markaziy bankining sobiq rahbari Norman Chan va sobiq bosh vazir Genri Tan ushbu lavozimga asosiy nomzodlardan hisoblanadi.
Nashrning ta'kidlashicha, Xitoy hukumati ma'muriyat rahbarini almashtirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelishdan oldin Hongkongdagi vaziyatning barqarorlashishini kutmoqchi. Biroq Kerri Lam vakillari va Xitoyning Hongkong va Makao masalalari bo‘yicha devoxonasi ushbu axborot bo‘yicha izoh bermagan.
Hongkongda yoz boshida ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasi qabul qilinmoqchiligiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi. Kerri Lam qonun loyihasini qabul qilish rejasidan voz kechganiga qaramay, muxolifat tarafdorlari noroziliklarni davom ettirmoqda.
Avvalroq OAVda Lamning agar lavozimidan ketishga imkoni bo‘lsa, uni tark etmoqchiligi haqidagi so‘zlari tarqalgan.
Mavzuga oid
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
17:05 / 30.07.2024
Qilichboz Parijdagi oltin uchun rekord bonusga ega bo‘ldi
14:47 / 11.06.2024