Samarqanddagi parrandachilik fermasidagi yong‘inda 8 ming boshga yaqin jo‘ja nobud bo‘ldi
23 oktabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi parrandachilik fermasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
Yong‘in Dimishqibola mahallasida joylashgan “Darg‘om Parranda Fayz” MChJga tegishli parrandachilik fermasida kelib chiqqan.
«Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 16 daqiqada yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 16 km). Yong‘in soat 19:50 da o‘rab olinib, soat 21:50 da bartaraf etilgan», - deyiladi O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabarida.
Yong‘in oqibatida 8000 taga yaqin jo‘jalar nobud bo‘lgan va parrandachilik fermasining 150 kv. metr maydonda tomi, shifti yonib zararlangan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan insonlar qayd etilmagan.
Yong‘indan fabrikaning 550 kv. metr maydoni hamda 16 ming boshdan ortiq jo‘jalar saqlab qolingan.
«Yong‘inning taxminiy sababi qo‘lbola isitish moslamasidan foydalanish. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024