O‘zbekistonda qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilayotgani ma'lum qilindi
2019 yilning yanvar-sentabr oylarida 112,2 mingta o‘lim qayd etilgan. Bu haqda Davstatqo‘m xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega tushganligi (2018 yilning yanvar-sentabr oylarida 4,6 promille bo‘lgan) kuzatildi.
2019 yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,6 foizi - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,8 foizi - o‘simtalardan, 6,4 foizi - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5 foizi - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 4,2 foizi - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 1,4 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,1 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,3 ming nafarni tashkil etib, ularning 58,7 foizi - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 18,2 foizi - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 12 foizi - tug‘ma anomaliyalardan, 2,8 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,1 foizi - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,7 foizi - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan va 5,5 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Mavzuga oid
13:24 / 23.12.2024
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024