Jamiyat | 16:31 / 28.10.2019
23583
2 daqiqa o‘qiladi

Astraxanda 25 nafar o‘zbek qullikdan qutqarildi

Foto: Maksim Muratov / Interpress / TASS

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi xodimlari Astraxanda bo‘lib turgan 25 nafar o‘zbekistonlikka yordam berishdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, konsul Xo‘jabahlil Asamov o‘zbek diasporasi rahbari Bahodir Aminov bilan 25 nafar O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani va ish haqi to‘lanmagani to‘g‘risida ma'lumot olib Xarabali tumaniga borgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida hujjatlar qaytarildi, ish haqi to‘landi, hamyurtlarimiz esa vatanga yuborildi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan oblasti, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd oblasti, Rostov oblasti) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda mamlakatning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-863-285-50-57.

Mavzuga oid