Qashqadaryo viloyatining sobiq bosh soliqchisi yangi lavozimga tayinlandi
Ravshanjon Nasimov Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.
R. Nasimov 1971 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993 yilda inspektorlikdan boshlab, keyinchalik rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Soliq tizimida 24 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan R. Nasimov Samarqand viloyatining bir qator soliq inspeksiyalarida boshliq, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
Joriy yil mart oyidan beri Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Nasimov 26 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati rahbariyatidagi o‘zgarishlar doirasida ishdan olingandi.
Mavzuga oid
09:52 / 11.09.2024
Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
16:47 / 07.08.2024
Navoiyda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota choyxonadan topildi
15:47 / 23.07.2024