Mahallalar kengashi: Ajrimlar va mahallalardagi jinoyatlar soni oshgan
29 oktabr kuni «Oila va mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etishda jamoat va davlat tashkilotlari hamkorligi» mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminarida Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova, Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, senator Dilorom Toshmuhamedova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, «Nuroniy» jamg‘armasi Markaziy Kengashi raisi Shuhrat Jalilov ishtirok etdi.
Unda bo‘lib o‘tgan videoselektorda Respublika Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi Sh.Javlonov raislik qildi.
«Joriy yilning 9 oyi davomida notinch oilalar ya'ni, oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etganliklari uchun 12 490 nafar shaxslar profilaktik hisobga olingan bo‘lib, 2018 yilning shu davriga (12 819 nafar) nisbatan 329 nafarga kamaygan bo‘lsa-da, Toshkent viloyatida bunday holatlar 1019taga, Farg‘onada 567taga, Qashqadaryoda 184taga, Buxoroda 142taga oshgan.
Noqobil oilalar, ya'ni farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi ota-onalar soni 4 473 nafarni tashkil etib, 2018 yilga (5 195 nafar) nisbatan 722 nafarga kamaygan. Biroq, Andijon viloyatida 207taga, Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 74tadan, Xorazm viloyatida 17taga, Qashqadaryo viloyatida 16taga, Toshkent shahrida 13taga ko‘paygan.
Ajrimlar soni joriy yilning 9 oyida 23 948tani tashkil etib, 2018 yil (23853) shu davriga nisbatan 95taga oshgan, jumladan, Toshkent shahrida 537taga, Buxoroda 39taga, Jizzaxda 32taga, Namanganda 30taga oshgan.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublika bo‘yicha 1498ta mahallalarda shundan, Qashqadaryoda 26 foiz, Jizzaxda 23 foiz, Buxoroda 22 foiz, Sirdaryo, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 21 foizdan, Samarqandda 19 foiz, Farg‘onada 18 foiz, Namanganda 17 foiz, Surhondaryoda 15 foiz mahallalarda jinoyatchilik oshib ketgan», – deya kengash raisining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbir so‘ngida Respublika mahallalar kengashi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, «Nuroniy» jamg‘armasi, «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda «Mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha jamoat tashkilotlarining 2019 yil noyabr-dekabr oylariga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi» tayyorlandi va ushbu tashkilotlar rahbarlari tomonidan imzolandi.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024