Al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi yangi tafsilotlari va videosi paydo bo‘ldi
AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzi Twitter’da IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi bo‘yicha o‘tkazilgan amaliyotning ilk fotosuratlari va videosini e'lon qildi va uning tafsilotlari bilan bo‘lishdi.
Qisqa videoda 1-raqamli terrorchi joylashgan bino ko‘rsatilgan. Lavhalarda binoni ikki tomondan odamlar qurshab olayotganini, «jangarilar AQShning havodan hujum olib borayotgan kuchlariga o‘t ochgani»ni ko‘rish mumkin.
«Bu yerda Bag‘dodiy yashiringan obektni ko‘rmoqdamiz. Avval ta'kidlaganimdek, bu obekt Suriya shimolidagi Idlib viloyatida joylashgan bo‘lgan», deb ma'lum qilgan general jurnalistlarga.
«Shansov sbejat u nego ujye ne bylo». Pentagon — ob ubiystve al-Bagdadi pic.twitter.com/COwSU3urPW
— Meduza (@meduzaproject) October 31, 2019
Uning ta'kidlashicha, obekt shturm qilinishi oldidan amerikalik harbiylar uning ichidagi barcha odamlarni taslim bo‘lishga chaqirgan. Fuqarolar va bolalar orasida qurbonlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoni bor ish qilingan.
Biroq shunga qaramay, IShIDning 5 a'zosi – 4 ayol va bir ekak qurol tashlashdan bosh tortib, harbiylarga xavf solgan. Shturm boshlanganda, al-Bag‘dodiy bomba portlatib, o‘zini va yana ikki bolani o‘ldirgan.
«Obektda hammasi bo‘lib IShIDning 6 a'zosi o‘ldi: 4 ayol va 2 erkak, jumladan al-Bag‘dodiy», deb ta'kidlab o‘tdi Makkenzi.
Amaliyotdan keyin AQSh maxsus kuchlari al-Bag‘dodiy yo‘q qilingan joydan ko‘plab buyumlarni olib chiqishgan. 1-raqamli terrorchining shaxsi tasdiqlanishi uchun DNK-tahlil qo‘llangan. Tahlil mutlaq aniqlik bilan aynan al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini tasdiqlagan.
Pentagon vakili, shuningdek, terrorchining jasadi 24 soat ichida dengizga olib chiqilib, cho‘ktirib yuborilganini tasdiqlagan.
«U harbiy ixtilof qonunlariga ko‘ra dengizda dafn qilindi», deb ma'lum qilgan Makkenzi.
Mavzuga oid
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024