Toshkentda Vebster universitetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
1 noyabr kuni Vebster universiteti (AQSh)ning Markaziy Osiyodagi birinchi filiali - Toshkent shahridagi ta'lim dasturlarini amalga oshirish Markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Vebster universiteti kansleri Elizabet Strobl rahbarligidagi AQSh delegatsiyasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, vazir o‘rinbosarlari va rektorlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4245-sonli qarori bilan Toshkent shahrida Vebster universitetining ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etildi.
O‘quv jarayonlari 2019/2020 o‘quv yilidan o‘quv jarayonlari boshlandi va bu yerda bakalavriatning asosiy 14 ta ta'lim yo‘nalishlari hamda 16 ta magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Hozirda oliygohda 470 nafar talaba tahsil olmoqda va Vebster universitetining Toshkent filiali talabalar soni bo‘yicha Tailand, Xitoy, Niderlandiya, Shveytsariya, Gretsiya, Avstriya va Ganadagi filiallarni ortda qoldirdi.
Universitetda o‘qitish kunduzgi ta'lim shaklida, to‘lov-kontrakt asosida, ingliz tilida, jumladan elektron ta'lim va masofaviy ta'lim texnologiyalarini qo‘llagan holda Vebster universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar asosida amalga oshirilmoqda.
Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universitetining diplomi beriladi.
Mavzuga oid
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
13:06 / 06.11.2024