Facebook kompaniyasi o‘z logotipini o‘zgartirdi
Facebook Inc. kompaniyasi foydalanuvchilar uni Facebook ijtimoiy tarmog‘i bilan adashtirmasliklari uchun o‘z logotipini o‘zgartirishga qaror qildi.
Ta'kidlanishicha, o‘z faoliyatini bir servis – Facebook ijtimoiy tarmog‘i sifatida boshlagan kompaniya bugungi kunda foydalanuvchilarga bir qator boshqa mahsulotlar: Facebook Messenger, Instagram, WhatsApp, Oculus, Workplace, Portal va Calibra dasturlarini taklif etadi.
“Facebook qanday mahsulotlarni taklif qilishi tushunarli bo‘lishi uchun o‘z belgimizni yangilamoqdamiz”, deyilgan kompaniya xabarida.
Kompaniya asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg fikricha, ko‘plab odamlar Instagram, WhatsApp va kompaniyaning boshqa dasturlari kimga tegishli ekanini bilmaydilar. Yangi logotip esa bu muammoni hal qilishga qaratilgan.
Yaqin kunlarda yangi logotip Instagram, WhatsApp va kompaniyaning boshqa dasturlarida paydo bo‘ladi. Unda kompaniya nomi katta harflar bilan yoziladi va har bir dasturga xos rangda bo‘ladi. Misol uchun, Instagram’da yangi logotipni dasturga kirish sahifasida va sozlanmalar menyusida ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:52 / 21.06.2024
Uzbekistan Airways logotipini yangiladi, biroq an’anaviy livreyani saqlab qoldi
22:51 / 05.03.2024
Facebook va Instagram butun dunyo bo‘ylab vaqtincha ishlamay qoldi
21:32 / 01.02.2024
Tsukerberg ijtimoiy tarmoqlar qurboni bo‘lgan o‘smirlarning ota-onasidan uzr so‘radi
18:54 / 20.05.2023